Batafsil
💻 NodeX: Kiberxavfsizlik sari birinchi qadam
Nodex kiberxavfsizlik klubi doirasida 19-dekabr kuni ilk masterklass muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. Masterklass davomida klubning kelajakdagi rejalari va o‘quv dasturi bilan tanishtirildi, shuningdek kiberxavfsizlik bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar berildi.
✔️ Ishtirokchilar CTF (Capture The Flag) nima ekanligi, uning kiberxavfsizlikdagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, masterklass jarayonida phishing va cyber engineering yo‘nalishlariga oid qiziqarli amaliy ishlar va ko‘rgazmali ishlanmalar namoyish etildi.
